HOKIM VА YOSOLАR UCHRАSHUVI

HOKIM VА YOSOLАR UCHRАSHUVI 
 
Bugun, “Аmudaryo” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. 
 
Unda shahar hokimi yil boshidan buyon turli tanlov va musobaqalarda yaxshi natijalarni qoʼlga kiritib kelayotgan mahallalardagi yoshlar yetakchilari, iqtidorli va istedodli yoshlar hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida sportning “Street workaut" turi boʼyicha gʼoliblikni qoʼlga kiritgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda hokim yoshlarni 30-iyunь yoshlar kuni bilan qizgʼin tabriklab, ular bilan dildan suhbatlashdi. 
 
Jarayon davomida kuni kecha oʼtkazilgan “Fidoyi yoshlar yetakchisi” Respublika koʼrik-tanlovining Termiz shahar bosqichida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan yoshlar yetakchilariga printer va turli tanlov va musobaqalarda gʼoliblikni qoʼlga kiritgan sportchi yoshlarga esa zamonaviy kompьyuter jamlanmalari shahar hokimi tomonidan topshirildi.
 
Shuningdek, uchrashuvda bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida Qonun loyihasi muhokamasi borasida maʼlumotlar berildi.