Termiz shahrida navbatdagi matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

Termiz shahrida navbatdagi matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Bugun, 30 iyunь kuni Termiz shahar hokimligida shahar maktabgacha taʼlim boʼlimi mudiri А.Xoltoʼraeva ishtirokida“ shaharda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusiga bagʼishlangan matbuot anjumani oʼtkazildi. Аnjuman davomida bugungi kun tahlillarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 2018 yildagidan 3 barobarga 33 tadan 90 taga, tarbiyalanuvchilar soni esa 2,5 barobarga 4810 nafardan 10665 nafarga, 41,2 foizdan 73,8 foizga oshganligi haqida maʼlumot berib oʼtildi. Matbuot anjumanida sohaga tegishli masʼullar va hokim maslahatchisi hamda ijtimoiy tarmoq faollari qatnashdilar.