Mening konstitutsiyam – tinch, toʼkin hayotim kafolati

Mening konstitutsiyam – tinch, toʼkin hayotim kafolati
 
Kecha shahar hokimligi majlislar zalida Termiz shahar Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi boshligʼi Z.Meyliev, oʼrinbosari T.Berdiev va shahar adliya boʼlimi boshligʼi А.Jabborovlar hamda mahalla raislari, mehnat jamoalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida «Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga bagʼishlangan ochiq muloqot boʼlib oʼtdi. 
 
Dastlab barcha oʼzgarishlar zamirida inson qadrini ulugʼlash tamoyili yotgani, islohotlarning tub zamirida "Inson-jamiyat-davlat" strategiyasi pirovard maqsad qilib olinganligi taʼkidlandi. Har bir oʼzgarishlar hayotiy zarurat ekani misollar bilan tushuntirib berildi.
 
Shuningdek, muloqotda ishtirokchilarining ham fikr-mulohazalari tinglanib, mazkur jarayonlarni aholiga yetkazishda jonbozlik koʼrsatishga chaqirildi.