Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

 

Joriy yilning 15 iyun kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali “Termiz shahridagi “Guliston” mahallasining hududidagi barcha ko‘chalar to‘liq asfalt qilingani, biroq bitta ko‘chada ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmay qolganidan shikoyat qilingan” murojaat yo‘llangan.

Termiz shahar hokimligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasiga tutash bo‘lgan “Guliston” mahallasining hududidagi barcha ko‘chalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2021 yildagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qaroriga asosan to‘liq asfalt qilingan.

Shu boisdan ushbu ishlarni uzviy davom ettirish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "Obod qishloq” va “Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish dasturlari to‘g‘risida"gi PQ-172-sonli qaroriga asosan 2023 yilda Termiz shahrining “Manguzar” mahallasi xududidagi jami 21,9 km (shundan, ta’mir-talab ko‘chalari-13,5 km) ta’mirlanadigan yo‘l infratuzilma ob’yektlari dasturiga kiritilgan.

2023 yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida “Manguzar” mahalasining 13,5 km ichki ko‘chalari, shu jumladan murojaatda keltirilgan Chori Gumbaz (500 metr) ko‘chasi ham dastur asosida asfaltbeton yotqizish ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.