Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

 

Joriy yilning 6 iyun kuni YouTube ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahar Ma’rifat mahallasidagi uylar “snos”ga tushgani, ushbu xonadonlarni buzish uchun taklif qilinayotgan kompensasiya pullari kamligi, agar mahalla aholisi ushbu pulga ko‘nmasa shahar hokimi Isroil Bo‘riyevich ularni kommunikasiya tarmoqlaridan uzib qo‘yishi yoki sud qarorini chiqartirib uydan chiqarishini aytgani yuzasidan shikoyat qilingan” murojaat chiqqan.

Termiz shahar hokimligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-son qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining o‘quv binosini qurish belgilangan, ushbu ob’yekt qurilishi munosabati bilan xududda 14 ta turar va 4 ta noturar-joy bino-inshootlar buzilishi belgilangan.

Dastur doirasida qurilishi belgilangan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining o‘quv binosining qurilish ishlarini boshlash uchun xududda buzilishga tushgan 14 ta turar va 4 ta noturar-joy bino-inshootlar mulk egalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensasiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 911-son qaroriga asosan ixtiyoriy ravishda o‘zlari tanlagan erkin baholovchi tashkilotiga murojaat etib baholatilganidan keyin fuqarolarning roziligi asosida notarial idoralar orqali kelishuv shartnomasi imzolanib, kompensasiya mablag‘lari to‘lab berilgandan so‘ng buzish ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, ushbu hududda buzilishga tushgan fuqarolarning uy-joylari hozirgi kunda barcha kommunikasiya tarmoqlaridan uzilmaganligini ham ma’lum qilamiz.