Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Erdo‘g‘an bobo yordam bering!” sarlavhali Termiz shahridagi 7-maktab o‘quvchisi Bobur ismli voyaga yetmagan bolaning video murojaati joylashtirildi.

Ushbu murojaat Termiz shahar hokimigi, umumta’lim maktabi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida joyida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida murojaat egasi Bobur Xudoyqulov onasi Dilfuza Choriyeva bilan birga “Nurli kelajak” mahallasi, Gulshan ko‘chasi, 18-uy 10-xonadonda vaqtincha ro‘yxatda turib, ijarada yashab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, fuqaro D.Choriyeva “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turadi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam va voyaga yetmagan farzandiga yoshga doir nafaqa puli to‘lab borilmoqda. Joriy yil may oyida bir martalik 1 mln 80 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ham berilgan.

Maktab direktori va sinf rahbarining ma’lum qilishicha, B.Xudoyqulov 2021/2022 o‘quv yilida darslarga muntazam qatnashgan va umumiy fanlarni o‘zlashtirishi bo‘yicha 4.79 bal to‘plagan.

Hokimliklar tomonidan moddiy yordam berilmagani va olti oy maktabga kiyim-kechagi yo‘qligi sababli darsga qatnashmagani haqidagi vajlari tasdiqlanmadi.

O‘rganish yakunida, ona va bolani hokimlik balansidagi yotoqxonaga joylashtirish maqsadida navbatga qo‘yilishi, ungacha ijara pullari qoplab berilishi to‘g‘risida D.Choriyeva bilan suxbat jarayonida tushuntirildi.

Shu kunning o‘zida ushbu oilaga bir oylik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, holat to‘liq nazoratga oldindi.