DXX kubogi: viloyat bosqichi gā€˜oliblari aniqlandi

DXX kubogi: viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryoda 16-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida mini-futbol, futbol va shaxmat bo‘yicha “Davlat xavfsizligi xizmati kubogi” musobaqalari yakunlandi.

Aprel oyida start olgan musobaqalarda viloyatdagi 721 ta mahalla jamoasi sektorlar, tuman (shahar), viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi. Viloyat bosqichi o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Mini-futbol bo‘yicha:
“Bog‘bonlar yurti” mahallasi (Qiziriq)
“Sheroziy” mahallasi (Qumqo‘rg‘on)
“O‘rikzor” mahallasi (Denov)

Futbol bo‘yicha:
“Anorzor” mahallasi (Sariosiyo)
“Do‘stlik” mahallasi (Qiziriq)
“Paxtaobod” mahallasi (Jarqo‘rg‘on)

Shaxmat bo‘yicha:
Hasan Jo‘rayev (Termiz sh.)
Akbar Haydarov (Oltinsoy)
Sardor Nizomiddinov (Sho‘rchi)
Fayzulla Rahmonov (Qumqo‘rg‘on).

Viloyatda birinchilikni qo‘lga kiritganlar musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Musobaqalar g‘oliblari hamda faollar kubok, medal va tashakkurnomalar, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.