"Yashil makon" umummilliy loyihasi amalda.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi amalda.

Odam tabiatning bir bo‘lagi sifatida u yaratgan mo‘jizalardan har qachon baxramand bo‘ladi. Yashil o‘simliklar ham butun insoniyatni toza havo bilan taminlab atrof-muhitning ekologik musaffoligini ham barqarorlashtirishi barchamizga muhimdir. Yurtimizda e’lon qilingan ”Yashil makon” umummilliy dasturi esa inson tabiatga nafini oshiradi desak adashmagan bo‘lmaymiz.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaroriga asosan tuman va shaharlar, aholi punktlariga havo tozalagini yaxshilash masalasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi shiddatlik bilan amalga oshirilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxtlar zaminimizni yashillikka burkashi, chiroyiga chiroy qo‘shishi bilan allergiyaga moyil minglab kishilarning sog‘lig‘ini himoya qilishi lozimligini unutmaylik. Xorijdan keltirilgan manzarali daraxtlarning hammasi ham foyda bermaydi. Shuning uchun ko‘kalamzorlashtirish jarayonlarida an’anaviy mevali daraxtlardan foydalanish eng maqbul yechimdir.

Xususan Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimligi xodimlaridan tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy dasturi asosida istirohat bog‘lari, mamuriy binolar, bojxona maskanlari, hamda yaroqsiz yer hududlarida mevali va manzarali ko‘chatlarni o‘tkazishdi.
“Surxondaryo viloyati termiz shahar hududida manzalari daraxtlar ekilishi munosabati bilan men Termiz shahar obodonlashtirish xodimi sifatida shu tadbirning guvohi bo‘lyapman. Bu ishga yordam bergan shahar hokimligi xodimlariga o‘z tashakkurimni aytmoqchiman”-dedi obodonlashtirish xodimi Sanjar Tursunov.

Ushbu dastur doirasida amalda shu kunga qadar Termiz shahar xodimlari tomonidan 4000 ga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Va bu ishlar har kuni muntazam masuliyat bilan amalga oshirib kelinmoqda. Tashkil etiliyotgan bu kabi ezgu tadbirlar shahar xodimlari tomonidan viloyatimizning barcha hududlarida faollik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek 12-may kuni yoshlar bilan birga Termiz shahar hokimi ham “Yashil makon” belgisi tushirilgan futbolka va kepkalarda yoshlar bilan birga bo‘ldi. Qo‘llarida bel va ketmon olgan yoshlarimiz hududlarni yashillikka burkash uchun daraxt ekishga kirishdi.
“Yillar o‘tib biz ham ushbu joyda ekkan bir dona niholimizning ulgayganini ko‘rsak bag‘oyat mamnun bo‘lardik”- deydi tadbir ishtirokchilardan biri. Termiz shahri “Chegara” mahallasida terak qalamchalarini yerga qadayotgan 250 nafardan ortiq ko‘ngilli yoshlarning kayfiyati a’lo darajada. Termiz shahar hokimi yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab quvvatlagan holda ularni sayohatga jo‘natishga tayyorligini aytdi.

“Yoshlarimiz tomonidan Samarqand va Buxoro borish masalasi ilgari surildi. Biz ham tegishli ma’sullarga topshiriqlar berdik. Albatta xavfsizlik choralari, transport xarajatlarini va boshqa xarajatlarni hokimlik o‘z zimmasiga oladi”- dedi Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev
Ish jarayonida aytilgan bu kabi yangiliklar yoshlarda yanada shijoat bag‘ishladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki Surxondaryo viloyatining yoshlar ishlari agentligi tomonidan 7000 ga yaqin ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.
UzJOKU 1-bosqich talabasi Toshtemirova Lola.