QАROR VА IJRO

QАROR VА IJRO

Xabaringiz bor Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Аholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʼllab-quvvatlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Prezidentning mazkur qarori aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʼllab-quvvatlashga qaratilgani bilan katta ahamiyatga egadir.

Bugun, 6 iyunь kuni Termiz shahrida ushbu qaror ijrosi boʼyicha “Temir daftar”ga kiritilgan hamda mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan ushbu oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatildi.

Ushbu ishlar ertaga manzilli ravishda davom ettiriladi.