Dunyoni lol qoldirgan Nurota kashtachiligi namoyishi endi Surxondaryoda

Dunyoni lol qoldirgan Nurota kashtachiligi namoyishi endi Surxondaryoda

Ertaga, 4 iyunь kuni soat 11:00 da Termiz arxeologiya muzeyida Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi tomonidan “Nurota kashtachiligi tarixi dunyo nigohida” nomli koʼrgazma tashkil etiladi.

Unda nurotalik usta kashtadoʼzlar tomonidan sanʼat asari darajasida tikilgan kashta namunalari namoyish etiladi.

Barcha vohadoshlarimizni mohir kashtadoʼzlar tomonidan tayyorlangan kashtachilik ijod namunalaridan bahramand boʼlishga taklif etamiz. Koʼrgazma bilan tanishuv bepul.

Manzil: Termiz shahri At-Termiziy koʼchasi 29-А uy. Termiz arxeologiya muzeyi.