2022-yil 5-iyun kuni “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan fuqarolar tadbirlarni, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rishlari uchun “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga bepul kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qaroriga asosan hamda 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan joriy yilning 5-iyun kuni “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida madaniy tadbirlar, master klasslar, ko‘rgazmalar va konsert dasturlari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashkil etiladi.

2022-yil 5-iyun kuni “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan fuqarolar tadbirlarni, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rishlari uchun “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga bepul kiritiladi.

15:00 dan madaniy tadbirlar, master klasslar, ko‘rgazmalar va bolajonlar uchun turli sahna ko‘rinishlari va sovg’ali musobaqalar tashkil etiladi.

18:00 dan boshlab QvZ jamoalari, “Dance street Termez” jamoasi, zamonaviy estrada xonandalarining kechki konsert dasturlari boshlanadi.