Diniy ekstremizm va terorizm jamiyat zavoli!

Diniy ekstremizm va terorizm jamiyat zavoli!

Joriy yilning 2-iyun sanasida Chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi xizmatchilari va chaqiriluvchilari ishtirokida “Diniy ekstremizm va terorizmning jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida ostida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Al Hakim at-Termiziy jome masjidi, Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi xodimlari shuningdek,“Vatanparvar” tashkiloti xodimlari markaz xizmatchilari hamda chaqiriluvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirok etgan xodimlar Diniy ekstramizm, terorizm, islom dini, mafkuraviy tahdid, ekstremistik guruhlar to‘g‘risida umumiy tushuncha, qanday qilib ushbu estremistik xavfni bartaraf etish mumkin, Terorist guruhlar ortidagi qora qo’l tashkilotlar va ularning bizga salbiy ta’sirlari to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.