RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

 

Joriy yilning 26 may kuni “Rennesans TV” telekanalida “Termiz shahridagi ayrim joylarda “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar parvarishsiz qolib qurib qolgani haqida”gi videolavhada keltirilgan holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

  

Termiz shahrida “Yashil makon” umumilliy dasturi asosida joriy yilning Bahor mavsumida 532 ming tup manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. Ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish maqsadida tegishli tashkilotlardan mas’ullar biriktirilgan. Ushbu mas’ullar tomonidan belgilangan xududlarda oldindan ekilgan va joriy mavsumda ekilgan ko‘chatlarning barchasini sug‘orish uchun ariqchalar ochilib, tizimli ravishda purkab sug‘orilmaydigan joylardan tashqari shahar obodonlashtirish boshqarmasidan 8 ta Isuzu mashinalari va Surxondaryo suv ta’minoti mchjga tegishli bo‘lgan 8 ta 25 tonnalik hamda Toza hudud DUKga tegishli bo‘lgan 7 ta 6 va 8 tonnalik maxsus suv tashish texnikalari jalb etilib sug‘orish ishlari tashkil etilgan. Shaharda amalga oshirilayotgan ishlardan tashqari ko‘chatlarni saqlab qolish uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz.