RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Joriy yilning 21 may kuni “Ishonch TV” telekanalida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Termiz shahrida 600 ming tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekilgani, biroq ularni parvarishlash va sug‘orish ishlari talab darajasida bo‘lmagani haqida”gi videolavhada keltirilgan holatlar yuzasidan quyidagilarni maŹ¼lum qilamiz.

Termiz shahrida “Yashil makon” umumilliy dasturi asosida joriy yilning Bahor mavsumida 532 ming tup manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. Ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish maqsadida tegishli tashkilotlardan mas’ullar biriktirilgan. Ushbu mas’ullar tomonidan belgilangan xududlarda oldindan ekilgan va joriy mavsumda ekilgan ko‘chatlarning barchasini sug‘orish uchun ariqchalar ochilib, tizimli ravishda purkab sug‘orilmaydigan joylardan tashqari shahar obodonlashtirish boshqarmasidan 8 ta Isuzu mashinalari va Surxondaryo suv ta’minoti mchjga tegishli bo‘lgan 8 ta 25 tonnalik hamda Toza hudud DUKga tegishli bo‘lgan 7 ta 6 va 8 tonnalik maxsus suv tashish texnikalari jalb etilib sug‘orish ishlari tashkil etilgan. Shaharda amalga oshirilayotgan ishlardan tashqari ko‘chatlarni saqlab qolish uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz.