BOLАJONLАRGА ShODLIK ULАSHIB

BOLАJONLАRGА ShODLIK ULАSHIB

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʼyicha boshqarmasi hamda viloyat va shahar hokimligi bolalarni himoya qilish shoʼʼbasi tomonidan 1 iyunь – "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun Sanʼat saroyida bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda viloyat Musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan havola etilgan bayram dasturi ularda katta taassurot qoldirdi. Teatrlashtirilgan kontsert tomosha koʼtarinki ruhda oʼtdi. Аktyorlarning turli xil multfilьm qahramonlarini aks etgan chiqishlari bolajonlarga zavq bagʼishladi. Shuningdek tadbir soʼngida bolajonlar uchun bayram sovgʼalari ulashildi.