Oʼz tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olgan inson gʼururli, iftixorli boʼladi.

Oʼz tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olgan inson gʼururli, iftixorli boʼladi. Mamlakatimizning, xususan, qadim Surxon vohasining shonli tarixi yoshlarimizni mard va shijoatli boʼlishga, ilmu fan choʼqqilarini zabt etib, qiyinchilik va sinovlar oldida bosh egmay, marrani doimo baland olib yashashga undaydi.
“Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Surxondaryoda oʼtkazilayotgan festival doirasida Termiz Аrxeologiya muzeyida tashkil etilgan “Surxondaryo tarixi bilimdoni” tanlovi yosh avlodni har tomonlama barkamol, buyuk ajdodlarimizdan ibrat olish ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatli boʼldi.