Yoshlar festivali doirasida “Yosh kitobxon” tanlovi oʼtkazildi

Yoshlar festivali doirasida “Yosh kitobxon” tanlovi oʼtkazildi
Surxondaryoda “Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʼtkazilayotgan Yoshlar festivali doirasida bugun adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobxon” tanlovi oʼtkazildi.
Tanlov uch yosh toifada yaʼni 10 yoshdan – 14 yoshgacha, 15 yoshdan –19 yoshgacha va 20 yoshdan – 30 yoshgacha boʼlganlar oʼrtasida tashkil etildi. Unda har bir hududdan 3 ta yosh toifasi boʼyicha bir nafardan, jami 45 nafar oʼgʼil-qiz ikkita shart boʼyicha bellashdilar.
Tanlov gʼoliblariga tashkilotchilarning esdalik sovgʼalari topshirildi.