BOLАLАRGА QUVONCH ULАSHIB

BOLАLАRGА QUVONCH ULАSHIB

Termiz shahar madaniyat boʼlimi ijodiy jamoasining 1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan navbatdagi tashrifi Termiz shahar 41-sonli Davlat xususiy sherikchilik asosidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʼldi.
Oʼzining qiziqarli shou konsert dasturlari bilan shahar madaniyat boʼlimining taniqli estarada xonandalari, shuningdek, madaniyat boʼlimi qoshida tashkil etilgan "Lola" raqs jamoasi, "Moʼʼjizalar olami" fokus va illyuziya havaskorlik jamoasi hamda "Faruxbek" darbozlik sirk jamoalarining navbatma-navbat chiqishlari barcha bolajonlaru ota-onalarga xushkayfiyat ulashdi. Tadbir davomida Surxondaryo viloyat Millly Gvardiyasi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etib, bolajonlarni bayram munosabati bilan tabriklashdi.