1-iyun-"Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"

1-iyun-"Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"

Bugun, Termiz shahar madaniyat boʼlimi ijodiy jamoasining 1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan navbatdagi tashrifi Termiz shahar 41-sonli Davlat xususiy sherikchilik asosidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʼldi.
Oʼzining qiziqarli shou kontsert dasturlari bilan Termiz shahar madaniyat boʼlimining taniqli estarada xonandalari, shuningdek, madaniyat boʼlimi qoshida tashkil etilgan "Lola" raqs jamoasi, "Moʼʼjizalar olami" fokus va illyuziya havaskorlik jamoasi hamda "Faruxbek" darbozlik sirk jamoalarining navbatma-navbat chiqishlari barcha bolajonlaru ota-onalarga xushkayfiyat ulashdi. Tadbir davomida Surxondaryo viloyat Milliy Gvardiyasi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etib, bolajonlarni bayram munosabati bilan tabriklashdi. Yuzlarida bir olam quvonch va tabassum hamroh boʼlgan bolajonlar yangragan qoʼshiqlarda maroqli raqslarga tushib, har bir fokus va illyuziya nomerlarini olqishlar bilan kuzatib borishdi hamda ayiq polvon chiqishlarini maroq bilan tomosha qilishdi.

ъ