АI-80 markali benzinning birjadagi narxi 2% ga koʼtarildi, paxta yogʼi, suyultirilgan gaz narxi pasaydi

АI-80 markali benzinning birjadagi narxi 2% ga koʼtarildi, paxta yogʼi, suyultirilgan gaz narxi pasaydi

Joriy yil yanvarь oyida sotuvchi korxonalar har kuni birja savdolariga oʼrtacha 4 307 tonna АI-80 markali benzinini qoʼyib kelishgan boʼlsa, may oyida ushbu koʼrsatkich 3 022 tonnagacha (30% ga) pasayib ketgan.

May oyida (https://t.me/reviewuznews/4961) АI-80 markali benzinning birjada shakllangan oʼrtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 208,9 ming soʼmdan 8 345,1 ming soʼmgacha, yaʼni 2% ga koʼtarilgan.

Birja savdolarida paxta yogʼining bir tonnasi 18 051,4 ming soʼmdan 17 190,3 ming soʼmgacha, yaʼni 4,8% ga pasaygan.

Birja savdolarida suyultirilgan gazning bir tonnasi uchun 5 551,7 ming soʼmdan 5 370,9 ming soʼmgacha, yaʼni 3,3%ga pasaygan.

Birja savdolarida paxta tolasining bir tonnasi uchun 36 858,0 ming soʼmdan 35 185,3 ming soʼmgacha, yaʼni 4,5% ga pasaygan.