Termizda mudofaa vaziri kubogining mahalla bosqichi boʼlib oʼtdi

Termizda mudofaa vaziri kubogining mahalla bosqichi boʼlib oʼtdi

Termiz shahrining “Аlpomish” stadionida “Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sportning milliy kurash va tosh koʼtarish turi boʼyicha 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar oʼrtasida Mudofaa vaziri kubogining mahalla bosqichi boʼlib oʼtdi.

Musobaqa Termiz garnizoni harbiy xizmatchilarining koʼrgazmali chiqishlari bilan boshlandi. Shundan soʼng, nuroniy otaxonlar qadriyatlarmizga xos tarzda kurash usullarini namoyish etgan holda bellashuvni boshlab berdilar.

Termiz shahrining 37 mahallasi yoshlarini saralagan ushbu musobaqa gʼoliblari munosib ravishda taqdirlandi. Ularga diplom, medal hamda estalik sovgʼalarni Janubiy operativ qoʼmondonligi boshligʼi polkovnik Poʼlatjon Sativaldiev topshirdi.

Mudofaa vaziri kubogi uchun milliy kurash va tosh koʼtarish sport oʼyinlari viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.