Surxondaryoda izlanuvchan talabalar uchun hokim stipendiyasi taʼsis etiladigan boʼldi

Surxondaryoda izlanuvchan talabalar uchun hokim stipendiyasi taʼsis etiladigan boʼldi

Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolovning yoshlar bilan qiziqarli savollar va samimiy javoblarga boy boʼlgan ochiq muloqoti chogʼida yigit-qizlar ilm-fan, sanʼat va adabiyot kabi sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida hamgapirib berishdi. Ijodkor yoshlar viloyat rahbariga chop etilgan ilk kitoblarini tuhfa qildi. Kuy-qoʼshiqlar ijro etdi.

Uchrashuvda eng bilimli, izlanuvchan talabalar uchun 1 milliard soʼm mablagʼ ajratilib, hokim stipendiyasi taʼsis etiladigan boʼldi. Muloqot yakunida bir guruh eng faol yoshlarga viloyat hokimining pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovgʼalari topshirildi.