BRIFING

BRIFING

Termiz shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Elamanov Gʼayrat Аbdiyevich ishtirokida brifing oʼtkazildi.
Mavzu: Shaharda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ehtiyojmand aholini qoʼllab-quvvatlash borasidagi ishlar.


Muhtaram Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlari toʼgʼrisida”gi PF-29-son Farmoni hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-31-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida, Termiz shahrida mavjud 37 ta mahallaga 107 nafar nomzod roʼyxati shaklantirildi va Respublika komissiyasi aʼzolari tomonidan suhbatdan oʼtkazildi hamda ushbu mahallalarga joriy qilingan Hokim yordamchisi lavozimiga tajribali nomzodlar tanlab olindi.
Tanlab olingan Hokim yordamchilari joriy yilning 10 yanvaridan biriktirilgan mahallalarida oʼz faoliyatini boshlashdi va bugungi kunga qadar ular tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, har bir Hokim yordamchilari tomonidan mahalladagi har bir xonadonga tashrif buyurgan holda, soʼrovnomalar oʼtkazildi. Soʼrovnoma maʼlumotlariga koʼra shahardagi 37 ta mahallalarda 42 ming 200 ta xonadon, 53 ming 300 ta oila hamda 189 ming 630 nafar aholi istiqomat qiladi.
Oʼtkazilgan xatlov natijalariga koʼra, 42 ming 200 ta xonadonlarning maʼlumotlari Respublika miqyosida keng foydalanilayotgan “Onlayn mahalla” platformasiga toʼliq rasmiylashtirildi. Oʼrganilgan xonadonlarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli 4 toifaga ajratib olindi.
Jumladan:
Birinchi toifaga – 3 ming 600 tasi (8,5%) “Iqtisodiy nochor” (xonadonlar daromadi kam, ishsiz aʼzolari boʼlgan, oʼz ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb oʼrganishga harakat qilayotgan xonadonlar);
Ikkinchi toifaga – 22 ming 300 tasi (52,9%) “Oʼrta”
(Doimiy daromadga ega, qoʼshimcha daromad topish istagi bor xonadonlar);
Uchinchi toifaga – 2 ming tasi (4,8%) “Ehtiyojmand” (Nogironligi
bor va kasal aʼzolari boʼlgan, boquvchisini yoʼqotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar);
Toʼrtinchi toifaga – 14 ming 300 tasi (33,8%) “Namunali” (Iqtisodiy ahvoli yaxshi va oʼziga toʼq xonadonlar) ajratib olindi.
Xokim yordamchilar tomonidan xonadonlarni xatlov oʼtkazish jarayonida quyidagi muammolar aniqlandi:
- 1600 ta ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatli ishsizlar; (bugungi kunga qadar 850 nafari ishga joylashtirildi)
- 432 ta kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqish istagi mavjud xonadon aʼzolari;
(bugungi kunda 240 nafar fuqarolar kasb boʼyicha oʼqitilmoqda)
- 827 ta Tadbirkorlik bilan shugʼullanish istagida boʼlgan xonadon aʼzolari;
(birinchi chorak davomida xokim yordamchilar tavsiyasi bilan tadbirkorlikga istagi bor fuqarolarning 225 tasi “Yuridik”, “185 tasi YaTT”) boʼlib davlat xizmatlaridan roʼyxatdan oʼtkazilib faoliyati boshlagan)
- 1480 ta jismoniy va yuridik shaxslar 49,9 mlrd soʼm kredit olish uchun talabgorlar;
(Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2022 yil uchun
50 mlrd. 500 mln.soʼm ajratilishi rejalashtirilgan boʼlib, bugungi kunga qadar axoli tomonidan 142 mlrd. 531 mln soʼmlik 4503 ta arizalar kelib tushgan)
- Shundan: hokim yordamchilari tomonidan 20 mlrd. 530 mln soʼmlik
709 ta arizalarga ijobiy tavsiyalar berilib 471 ta arizalarga 14 mlrd.
234 mln soʼmlik kredit mablagʼlari ajratilgan yillik rejaga nisbatan 28% bajarilgan.
- Hokim yordamchilari tomonidan 115 mlrd. 812 mln, 3609 ta arizalar rad etilgan boʼlsa 130 ta arizalar 4 mlrd. 602 mln koʼrib chiqish jarayonida)
- 261 ta fuqaro 1 mlrd. 576 mln soʼm subsidiya asosida ishlashni istaganlar;
(joriy yilning 4 oy davomi xokim yordamchilarning tavsiyasiga bilan jami 49 ta fuqaroga 156 mln.sum subsidiya ajratildi, ajratilgan mablaglar asosan sugʼorish vositasi va issiqxonaga berilgan)
- 88 ta kooperatsiya asosida ishlashni istaganlar;
Muhtaram Prezentimizning 2021 yil 23 avgustda “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʼbatlantirish yuzasidan qoʼshimcha chora-tadbir toʼgʼrisida”gi PQ-5228 son Qarori doirasida “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida kredit mablagʼlari kooperatsiya shaklida shahrimizdagi 7 ta mahalla yaʼne “Manguzar”, “Chegara”, “Guliston”, “Surxon Soxili”, “Pattakesar”, “Joʼyjangal” va “Namuna” MFYlar tanlab olingan boʼlib, bunda 560 ta xonadonda 16 mlrd. 500 mln. soʼm mablagʼ ajratilishi rejalashtirilgan.
Misol uchun, Mazkur Qaror asosida Termiz shahridagi “Pattakesar” MFY Hokim yordamchisining faoliyati oʼrganilganda, ushbu Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 7 ta xonadonga 140 dona asalari uyasi olib berilganligi, fuqaro Qurbonov Аnvar va Аvazov Аbdurahmonlar bilan suhbatlashilganda, oʼz faoliyatidan yilda ikki marotaba asal olishi, har bir asalari uyasidan oʼrtacha 15 kgdan asal olishi yoki yillik 40 mln.soʼm daromadga ega boʼlishi maʼlum boʼldi.
Shuningdek, “Saxovat” mahallasida bugungi kunda “Abu Laziz Termiz Fayz” MChJ tomonidan tashkil etilgan parrandachilik va quyonchilik yoʼnalishi boʼyicha tadbirkorlik subʼektining faoliyati yoʼlga qoʼyildi va fuqarolarga kredit asosida naslli parranda va quyon yetkazib choralari koʼrilmoqda.
Hozirgi kunda parvarishlanayotgan quyon va tovuq zotlarini kooperatsiya qilish istagida boʼlgan aholiga yetkazib berilishi koʼzda tutilgan.
Barcha hokim yordamchilari yillik ishlab chiqilgan ish reja asosida ish tashkil etib, kunlik aniqlangan muammo va takliflarni boʼyicha
“yoʼl xarita”ga kiritib borilmoqda.
Hokim yordamchilariga ajratiladigan mablagʼlar:
2022 yilda hokim yordamchilari tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish, oʼzini-oʼzi band qilish va ish bilan taʼminlash uchun 128 882 mlrd.soʼm mablagʼlar ajratiladi;
- 50 mlrd 531 mln oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar;
- 48 mlrd 620 mln xizmat sohasini rivojlantirish uchun kreditlar;
- 16 mlrd 500 mln “bir mahalla-bir maxsulot” tamoyili asosida ajratiladigan imtiyozli kreditlar;
- 13 mlrd 231 mln.soʼm subsidiya mablagʼlari;
Jumladan:
- 6 mlrd 204 mln.soʼm bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasidan;
- 1 mlrd 562 mln.soʼm jamoat ishlari jamgʼarmasi mablagʼlari;
- 332 mln.soʼm Fermer dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mablagʼlari hisobidan.
- 1 mlrd 612 mln.soʼm Mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun ;
3 mlrd 920 mln.soʼm 3 ta daftar jamgʼarmalardan (sahovat va koʼmak jamgʼarmasidan
1 mlrd 395 mln.soʼm, ayollar daftari 1 mlrd. 262 mln. soʼm, yoshlar daftari 1 mlrd. 263 mln. soʼm).
Ishga joylashtirish:
Hokim yordamchilarining tashabbusi bilan joriy yilning 4 oy davomida 3719 ta (reja 3404 ta) rejaga nisbatan 109,0% fuqarolar ishga joylashtirildi, shundan, yanvarь oyida 509 ta (reja 481 nafar) rejaga nisbatan 105,8%, fevralь oyiga 1 107 ta (reja 1 036 ta) rejaga nisbatan 106,8% mart oyiga 1 025 ta (reja 925 ta) rejaga nisbatan 110,0% va aprelь oyida 1 078 ta (reja 962 ta) rejaga nisbatan 112,0% ish oʼrinlari tashkil etildi.
Sohalar kesimida tahlil qilinganda:
1178 nafar oʼzini oʼzi band qilganlar
821 nafar har bir oila dasturi asosida ajratilgan kreditlarga yaratilgan
185 nafar Bandlikga koʼmaklashish Markazi tomonidan jamoatchilik
52 nafar Bandllikka koʼmaklashish davlat mablagʼlari jamgʼarmasidan subsidiya
1626 nafar Legallashtirish “Yuridik va Korxona tashkilotlar”ga
225 nafar yangi tashkil etishgan yuridik shaslarga
185 nafar yangi tashkil etilgan YaTTlar hissasiga toʼgʼri keladi.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!