Bugun, Angor tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻllari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Bugun, Angor tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻllari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari F.Mamanov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Joʻrayev hamda Termiz shahar, Angor, Muzrabot, Jarqoʻrgʻon, Termiz tumanlarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda hokim yordamchilariga mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yuqori samaradorlikni oshirishda alohida e’tiborni “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyiliga qaratish zarurligi haqida soʻz yuritilib, 2022-yil 6 oylik yakuni boʻyicha koʻrsatkichlarni sifatli yakunlash boʻyicha tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.