HАRBIY XIZMАTChILАR OʼRTАSIDА “TRIАTLON” MUSOBАQАSI BOʼLIB OʼTDI

HАRBIY XIZMАTChILАR OʼRTАSIDА “TRIАTLON” MUSOBАQАSI BOʼLIB OʼTDI

Kuni kecha Termiz shahridagi Аmusohil maskanida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʼyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari oʼrtasida sportning triatlon turi boʼyicha musobaqa tashkil etildi.

Unda 5 nafar harbiy xizmatchilardan iborat 6 ta jamoa gʼoliblik uchun bellashdilar. Ishtirokchilar jamoaviy boʼlgan holda belgilangan vaqtda, suvda suzib, velosiped haydab hamda uzoq masofani yugurib oʼtdilar.

Umumiy natijalarga koʼra, 3-oʼrinni "Burgutlar", 2-oʼrinni "Qalqonlar" jamoalari qoʼlga kiritishdi. Faxrli 1-oʼrin "Epchillar" jamoasiga nasib etdi.