21-okyabr - O'zbek tili bayrami kuni

Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yil 10 aprelь kuni imzolangan “Oʼzbek tili kunini belgilash toʼgʼrisida”gi qonunga muvofiq, 21 oktyabrь Oʼzbek tili bayrami sifatida nishonlanadi.

 

📌 1989 yil 21 oktyabrda “Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili toʼgʼrisida”gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, oʼzbek tili – Oʼzbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995 yil 21 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

 

👬 Bugungi kunda dunyo boʼyicha 50 mln nafardan koʼproq odam oʼzbek tilida soʼzlashadi.

✅ Eslatib oʼtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 42-moddasiga koʼra, fuqarolarning tarbiya va taʼlim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda toʼsqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.